COVID-19: O‘zbekiston bo‘ylab 400 ga yaqin yangi bemor aniqlandi
Jamiyat
−
19 iyun 2021 5518 1 daqiqa
Kecha, 18 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105610 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 391 kishida kasallik aniqlangan. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 8 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 27 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 60 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 66 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 45 nafari Toshkent viloyatida,
- 132nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 24 nafar,
- Navoiy viloyatida 3 nafar,
- Samarqand viloyatida 15 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 39 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 2 nafar,
- Toshkent shahrida 193 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 101311 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 718 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.
Live
Barchasi