COVID-19. Sog‘ayganlar 93 mingga yetdi, 2 bemor vafot etdi
Jamiyat
−
20 may 2021
4696O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 93 ming nafardan oshdi, yana ikki bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 263 kishiga ortib, 97 543 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 8 nafari Buxoro viloyatida;
- 6 nafari Jizzax viloyatida;
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 3 nafari Navoiy viloyatida;
- 6 nafari Namangan viloyatida;
- 30 nafari Samarqand viloyatida;
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 11 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 9 nafari Xorazm viloyatida;
- 44 nafari Toshkent viloyatida;
- 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 8 nafar;
- Namangan viloyatida 3 nafar;
- Samarqand viloyatida 68 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 3 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
- Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93071 (+231) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 676 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3796 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi