COVID-19: Shifoxonalardagi bemorlar soni 2 mingdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston shifoxonalarida koronavirusdan davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshdi, ularning 238 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 18 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 302 kishiga ortib, 86 982 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida;
  • 1 nafari Buxoro viloyatida;
  • 6 nafari Jizzax viloyatida;
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 2 nafari Navoiy viloyatida;
  • 3 nafari Namangan viloyatida;
  • 18 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 59 nafari Toshkent viloyatida;
  • 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 28 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar;
  • Samarqand viloyatida 92 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Toshkent viloyatida 32 nafar;
  • Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84307 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2037 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing