COVID-19: Shifoxonada davolanayotganlar 3 mingga yaqinlashdi, bir bemor vafot etdi
Jamiyat
−
29 aprel 2021
5329Kecha, 28 aprel kuni 400 nafarga yaqin koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi, 1 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 28 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 398 kishiga ortib, 90 406 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 5 nafari Andijon viloyatida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida;
- 7 nafari Jizzax viloyatida;
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 1 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 72 nafari Samarqand viloyatida;
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 3 nafari Xorazm viloyatida;
- 73 nafari Toshkent viloyatida;
- 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar;
- Buxoro viloyatida 6 nafar;
- Jizzax viloyatida 6 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
- Namangan viloyatida 11 nafar;
- Samarqand viloyatida 76 nafar;
- Toshkent viloyatida 39 nafar;
- Toshkent shahrida 173 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86774 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 647 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2985 nafar bemor davolanmoqda. Og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi