COVID-19: Shifoxonada davolanayotganlar 2700 nafardan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar soni 2700 nafardan oshdi, 113 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 25 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 328 kishiga ortib, 89 355 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Andijon viloyatida;
  • 8 nafari Buxoro viloyatida;
  • 5 nafari Jizzax viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 43 nafari Samarqand viloyatida;
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 10 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 67 nafari Toshkent viloyatida;
  • 174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Navoiy viloyatida 4 nafar;
  • Samarqand viloyatida 19 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 7 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar;
  • Toshkent viloyatida 36 nafar;
  • Toshkent shahrida 142 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85 976 (+212) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 645 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2734 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing