COVID-19’da noxush xabarlar: O‘zbekistonda antirekordlar yangilanmoqda

Jamiyat

image

Koronavirus bo‘yicha antirekordlar yangilanmoqda: kasallik qayd etilishi 402 nafar, davolanayotganlar 3000 nafardan oshdi, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 29 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90 808 (+402) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 5 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Buxoro viloyatida;
  • 8 nafari Jizzax viloyatida;
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 4 nafari Navoiy viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 69 nafari Samarqand viloyatida;
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 6 nafari Xorazm viloyatida;
  • 64 nafari Toshkent viloyatida;
  • 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 18 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
  • Navoiy viloyatida 6 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Samarqand viloyatida 22 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar;
  • Xorazm viloyatida 1 nafar;
  • Toshkent viloyatida 42 nafar;
  • Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87067 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

615

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing