COVID-19 bo‘yicha noxush xabarlar: 300 ga yaqin bemor aniqlandi, bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha yana antirekordlar qayd etilmoqda: kasallanganlar 86 ming nafardan oshdi, kunlik ko‘rsatkich 300 nafarga yaqinlashdi, ularning 200 nafardan oshig‘i Toshkent shahridan, bir kishi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 15 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 292 kishiga ortib, 86 022 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 7 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Namangan viloyatida;
  • 21 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 37 nafari Toshkent viloyatida;
  • 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafari;
  • Buxoro viloyatida 10 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar;
  • Toshkent viloyatida 23 nafar;
  • Toshkent shahrida 143 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83 649 (+187) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 635 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1738 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing