COVID-19: 400 dan ortiq yangi bemor aniqlandi, 3 hududda kasallanish yuqori
Jamiyat
−
05 may 2021
11391O‘zbekistonda 400 nafardan oshiq yangi kasallanish holati qayd etildi. Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kasallanish yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 4 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 404 kishiga ortib, 92 724 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 1 nafari Buxoro viloyatida;
- 6 nafari Jizzax viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 5 nafari Namangan viloyatida;
- 84 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 10 nafari Xorazm viloyatida;
- 73 nafari Toshkent viloyatida;
- 208 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar;
- Buxoro viloyatida 5 nafar;
- Jizzax viloyatida 10 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
- Navoiy viloyatida 2 nafar;
- Namangan viloyatida 6 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 5 nafar;
- Xorazm viloyatida 9 nafar;
- Toshkent viloyatida 38 nafar;
- Toshkent shahrida 189 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88535 (+277) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3534 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi