“Cosa Nostra”ning ozodlikdagi so‘nggi boshlig‘i vafot etdi

Olam

image

“Cosa Nostra” mafiya tashkiloti boshliqlaridan biri Matteo Messina Denaro 62 yoshida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda ANSA agentligi xabar berdi.

U uch yil davomida yo‘g‘on ichak saratonidan aziyat chekkan. Sitsiliya mafiyasi yetakchisi shu yilning 22 sentyabr kuni komaga tushib qolgan, shundan keyin u vafot etgan.

“Hushini yo‘qotishdan oldin u ba’zi oila a’zolari bilan uchrashdi”, deyiladi agentlik xabarida.

Joriy yilning 16 yanvar kuni politsiya Denaroni 30 yillik qochqindan keyin qo‘lga olgan. U Palermodagi “La Maddalena” klinikasida bir yil davolangan.

“La Repubblica” ma’lumotlariga ko‘ra, Denaro ozodlikda bo‘lgan “Cosa Nostra”ning so‘nggi boshlig‘i edi.

Denaro 1993 yilning yozidan beri yashirinib yurgan, o‘nlab qotilliklar, jumladan, mafiyaga qarshi sudyalar Jovanni Falkon va Paolo Borsellino (ikkalasi ham 1992 yilda, ikki oy farqi bilan, portlashlarda vafot etgan) qotilliklari uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

“Il Messaggero”ga ko‘ra, mafiya yetakchisining tanib bo‘lmas holga kelishi uchun plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Cosa Nostra Matteo Messina Denaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar