Coca-Cola Rossiyani tark etmoqda

Olam

image

Coca-Cola Hellenic Bottling Company (Coca-Cola HBC) Rossiyadagi Coca-Cola kompaniyasi brendlari ostida ichimliklar ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatadi. Bu haqda “Reuters” kompaniya rasmiy bayonotiga tayanib xabar berdi. 

"Kompaniyaning zaxiralari tugagach Coca-Cola HBC Rossiyada Coca-Cola yoki kompaniyaning boshqa brendlarini ishlab chiqarmaydi va sotmaydi", deyiladi xabarda. 

Kompaniya “Coca-Cola”, “Sprite”, “Fanta”,”Schweppes”, “Powerade”, “Bonaqua”, “Fuzetea”, “Adez”, “Pulpy”, “Innocent”, “Rich”, “Moya semya” va “Dobriy“ brendlari ostida mahsulot ishlab chiqarib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yili Rossiyadagi Coca-Cola Hellenic Bottling Company savdosi 18,3 foizga oshib, 2,1 milliard litrni tashkil qilgan. Mamlakat bo‘ylab energetik ichimliklar, kattalar uchun gazlangan ichimliklar va shakarli yoki shakarsiz ichimliklar savdosi, ayniqsa, yuqori bo‘lgan.

Coca-Cola HBC’ning sof foydasi (Rossiya, Nigeriya, Italiya va Markaziy va Sharqiy Yevropada tovar mahsulotlarini sotadi) 2021 yilda 31,9 foizga oshdi va har bir aksiya uchun asosiy daromad 1,14 yevroga yetdi. Rossiyada savdo o‘sishi Coca-Cola HBC faoliyat yuritadigan boshqa mamlakatlardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘ldi. Kompaniyaning umumiy mahsulot sotish hajmi 13,7 milliard litrni tashkil etdi, bu 2020 yilga nisbatan 13 foizga ko‘pdir.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing