Coca-cola dunyodagi eng yirik plastik ifloslantiruvchi deb topildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Misrda bo‘lib o‘tgan Iqlim bo‘yicha Cop27 sammitining homiysi bo‘lgan Coca-cola ichimliklar kompaniyasi so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, ketma-ket beshinchi marta dunyodagi eng yirik plastik ifloslantiruvchi deb topildi.  Uning raqobatchisi Pepsi esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Break Free From Plastic 2700 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarining bir martalik yelim buyumlar iste’molini kamaytirishga qaratilgan alyansi o‘zining yillik brend auditida AQSHda joylashgan Coca-cola ichimliklar kompaniyasi bu yil dunyodagi "eng yuqori ifloslantiruvchi" bo‘lganini aniqladi. 

“Break Free From Plastic” alyansi a’zolari va 200 000 dan ortiq ko‘ngillilar 2018 va 2022 yillar oralig‘ida 87 mamlakatning ko‘chalar va mahallalaridan tovar auditi uchun chiqindilarni yig‘ishdi va umumiy hisobda 2 125 414 dona plastik chiqindilarni qayd etdi. 

“Plastik chiqindilar Coca-cola, Pepsi, Nestlé, Unilever, Mondelēz International, Mars, Procter&Gamble, Philip Morris International, Danone va Ferrero Group kompaniyalariga tegishli bo‘lgan”, deb xabar berdi “Break Free From Plastic”. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘zida 11 mamlakatda 31 mingdan ortiq Coca-cola brendi mahsuloti topilgan. 

Bangladesh, Argentina, Malayziya, Keniya va Turkiya kabi o‘nlab mamlakatlarda Coca-cola isrofgarchilik ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Pepsi bu yil eng ko‘p ifloslantiruvchi sifatida AQSH va Hindistonda birinchi o‘rinni egalladi. 

Shuningdek, Buyuk Britaniyada Philip Morris International ko‘p millatli tamaki kompaniyasi bu yil eng ko‘p ifloslantiruvchi bo‘ldi. 

"Cola kabi kompaniyalarga o‘z imidjini  o‘zgartirishga ruxsat berish o‘rniga, hukumatlar, birinchi navbatda muammoni hal qilish uchun ifloslantiruvchilarni qayta foydalanish va mahsulot yetkazib berishning alternativ tizimlariga sarmoya kiritishga majburlashlari kerak", deydi "Break Free From Plastic" global koordinatori Fon Ernandes.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing