Sirdaryoda iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketilayotganda to‘xtatib qolindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyatida Nexia-1 rusumli avtomobilda iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketilayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Axborot xizmati xabar berdi.  
    
Ma’lum qilinishicha, avtomobilda hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan 329 kg qoramol go‘shti borligi  Davlat veterinariya xizmati hamda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydda aniqlangan.   

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat “Hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi”ga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘ldi. 

Shundan so‘ng, go‘sht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining xulosasiga asosan Guliston tumani Zarbdor MFY hududida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Nexia-1 rusumli avtomobil esa tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlariga  topshirildi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing