Chusovitina Liverpuldagi Jahon chempionatida qatnashishdan bosh tortdi

Sport

image

1992 yilgi Olimpiada chempioni Oksana Chusovitina 29 oktyabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida start oladigan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda sportchi TASSga ma’lum qildi.

“Jahon chempionatiga bormaslikka qaror qildim, qatnashishdan bosh tortdim. Hozir men navbatdagi mavsumga va 2023 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapman, bu musobaqalar men uchun tanlov nuqtai nazaridan muhimroqdir”, deydi Chusovitina.

Mart oyida Chusovitina Dohada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida tayanch sakrash bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. May oyida u tayanch sakrash bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi va shundan so‘ng 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina ketma-ket sakkiz marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan dunyodagi yagona gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. U 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etib, bu rekordni yangilamoqchi. 2024 yilda u 49 yoshda bo‘ladi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing