“Chuchvara ”otmen". Qariyb 1 mlrd so‘mlik oshxona qurish tashabbusi rad etildi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2021
6561Avvalroq, “Ochiq byudjet” muhokamalar portalida Chilonzor tuman hokimligi xodimlari uchun qariyb 1 mlrd so‘mga oshxona qurish tashabbusi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 6 sentyabr kuni tuman hokimligida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida g‘olib, deb topilgan takliflarni o‘rganib chiqish, tahlil qilish va xulosa berish to‘g‘risida Ishchi komissiya yig‘ilishida ushbu rejani amalga oshirish rad etildi. Bu haqda Chilonzor tuman Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu yig‘ilishning 2-sonli bayonnomasiga ko‘ra, Ishchi komissiya tomonidan jamoatchilik fikri asosida ovoz to‘plagan 8 ta taklifdan 2 tasi, ya’ni tuman hokimligiga oshxona qurish va 4-sektor shtabini ta’mirlash bo‘yicha kiritilgan takliflar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Ularning o‘rnini keyingi o‘rinlarni egallagan takliflar bilan to‘ldirish masalasi Chilonzor tumani Xalq deputatlari kengashiga muhokama uchun taqdim etilgan.
LiveBarchasi