Choyxonada aktyorni pichoqlagan Madaniyat vazirligi xodimi 10 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Madaniyat vazirligining sport targ‘ibot kasaba uyushmasi raisi lavozimida ishlagan shaxs va hamkasbi, aktyor F.B.ni pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 aprel kuni Olmazor tumani Taxtapuldarvoza ko‘chasida joylashgan choyxonada  Madaniyat vazirligining sport targ‘ibot kasaba uyushmasi raisi lavozimida ishlagan 38 yoshli shaxs va uning bir guruh hamkasblari iftorlik qilish uchun kelgan. 

Shu vaqtda 38 yoshli uyushma raisi, uning hamkasbi va aktyor F.B. ishtirokida janjal yuzaga kelgan.

Kelib chiqqan janjal oqibatida sudlanuvchi hamkasbini qasddan o‘ldirish maqsadida oshxonadan pichoq olib chiqqan va uning chap ko‘krak qafasiga tan jarohati yetkazgan. Biroq atrofdagilar ularni ajratib qolgani tufayli qotillik  yakuniga yetmagan.

Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari bilan Toshkent shahar 7-klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida hayoti saqlab qolingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi mazkur ishni ko‘rib chiqqan. Unda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi bu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1- qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing