Choy sodasini 78 ming dollarga kimyoviy modda sifatida sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
05 iyul 2021
4796Toshkent viloyatida choy sodasini kimyoviy modda deb aldab, sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. va M.D. ismli shaxslar choy sodasini kimyoviy modda sifatida sotmoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, M.A. va M.D. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor A.ga 56 kilogramm choy sodasini “Germaniy" nomli kimyoviy moddasi deb aldab, 78 400 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi