“Chorvoq Darvozasi” turarjoy majmuasi muvaffaqiyatli ochildi

Biznes

image

O‘zbekiston Milliy Banki va Dream City Development ko‘magida “Chorvoq Darvozasi” turarjoy majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Chorvoq suv omborining go‘zal va betakror qirg‘oqlarida “Chorvoq Darvozasi” turarjoy majmuasining keng ko‘lamli va uzoq kutilgan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ko‘plab mehmonlar, hamkorlar, investorlar va majmuaning kelajakdagi aholisini birlashtirgan haqiqiy bayramga aylandi.

Ochilish marosimi tantanali va ruhlantiruvchi muhitda bo‘lib o‘tdi. Tadbir bezagi va dasturida aks etgan o‘zbek milliy an’analari ochilish marosimiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir mehmonlarini, taniqli o‘zbek estrada yulduzlari – Tohir Sodiqov, Farrux Zokirov, Nilufar Usmonova va boshqa mashhur xonandalarning chiqishlaridan iborat boy musiqiy dastur kutib oldi. Tadbirning maxsus mehmoni Ozarbayjonning mashhur xonandasi Roza Zergerli bo‘ldi, uning chiqishi kechaning haqiqiy bezagiga aylandi.

Tadbir doirasida loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Discover Invest qurilish kompaniyasi “Chorvoq Darvozasi” majmuasining konsepsiyasi, me’moriy yechimlari, infratuzilmasi va tabiat qo‘ynida qulay, to‘laqonli hayot kechirish uchun yaratilgan loyiha g‘oyasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Mehmonlar loyiha miqyosi va go‘zalligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, obodonlashtirilgan hududda sayr qilib, asosiy ob’ektlar bilan tanishdilar va har bir detalga puxta yondashilganini yuqori baholadilar.

Ta’kidlanganidek, 2024 yilning dekabr oyida davlatimiz Prezidenti Toshkent viloyatiga tashrifi davomida mazkur loyiha bilan tanishib, faol turizmni rivojlantirish hamda hudud aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan bir qator muhim tavsiyalar bergan edi. O‘sha vaqtdan boshlab ushbu hududda qurilish ishlari barqaror va tartibli tarzda olib borildi.

Loyihaning birinchi bosqichi to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu bosqich asosiy qurilish ishlarining muvaffaqiyatli bajarilganini isbotlovchi muhim bosqich bo‘lib, keng ko‘lamli loyihaning kelajakdagi rivoji uchun yo‘l ochdi.

“Chorvoq Darvozasi” – shahar tashqarisidagi ko‘chmas mulk bozoriga yangicha qarash olib kirgan, zamonaviy, funksional loyiha bo‘lib, u qulaylik va hayot sifatini yuqori darajaga ko‘tarishga qaratilgan. Majmuaning ochilishi professional mutaxassislarning uyg‘un faoliyati natijasidir va O‘zbekistonning shahar tashqarisidagi ko‘chmas mulk rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

 Manzil: Furkat ko‘chasi, MDS "Tashkent City", Blok 1, Tashkent, Uzbekistan

Sayt: dreamcity.uz

Telefon: +998 71 202 22 22

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing