Chorvoq suv ombori yuzasi chiqindixonaga aylandi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
7551Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv ombori yuzasida chiqindilarning suzib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganishlar natijasida so‘nggi kunlarda yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida Chorvoq suv ombori havzasi va yuza qismiga har xil turdagi chiqindilar yig‘ilib qolgani aniqlangan.
Hozirda mazkur suv omboridagi chiqindilar maxsus texnika va qayiqlar yordamida tegishli tartibda bartaraf etilmoqda.
LiveBarchasi