“Chorsu”dagi kiyim do‘konida yong‘in chiqdi (video)
Jamiyat
−
26 avgust 2024 4284 1 daqiqa
Kecha, 25 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Soat 20:48 da do‘konda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari manzilga soat 20:53 da yetib borib, yong‘in soat 21:06 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kvadrat metr maydonda yongan.
“Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni ham “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga kelgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025