Tojikiston 300 gektar yerini oltin koni bilan O‘zbekistonga beradi – OAV

Jamiyat

image

Tojikiston ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra 300 gektar yerini O‘zbekistonga beradi. Hozirda bu yerlar Mastchoh tumaniga qarashli. Bu haqda Tojikistonning “Faraj” nashri xabar tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu yerlar hududida so‘nggi yillarda Tojikiston-Kanada qo‘shma korxonasi – “Aprelevka” tomonidan o‘zlashtirilgan oltin koni mavjud. Ushbu kon Navbahor jamoatining Obi-Shifo qishlog‘i yaqinida joylashgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga beriladigan 300 gektar maydonda so‘nggi 10 kun ichida hududni po‘lat simlar bilan yopish ishlari olib borilyapti.

So‘g‘d viloyati Yer qo‘mitasi rahbari Jamshid Umarzodaning ma’lum qilishicha, hozir bu masala ko‘rib chiqilmoqda va faqat Tojikiston hukumati ushbu mavzu bo‘yicha izoh bera oladi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin O'zbekiston-Tojikiston er

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing