Chiroqchida YPX xodimlari va fuqarolar o‘zaro janjallashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi tortishuv jarayoni aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 26 aprel kuni soat taxminan 17:30 da Chiroqchi tumani Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan tuman markazidagi “Oziq-ovqat dehqon” MCHJ bozori atrofida jamoat tartibini saqlash hamda avtomashinalar tirbandligini oldini olish maqsadida patrul maxsus avtomashinasi ovoz kuchaytirgich moslamasi bilan xizmat olib borilgan. 

Shu jarayonda fuqarolar xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan. Ulardan biri patrul avtomashinasini old o‘rindig‘ida bo‘lgan YPX katta inspektori B.K.ni xizmat kiyimining pagoni, bodi kamerasi va ko‘krak nishonini yulib olgan. 

Xodimlar tomonidan qo‘shimcha kuchlar chaqirtirilib, jamoat tartibi tiklangan. Xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan fuqarolar Sh.B., N.B., N.D. va Q.A. shaxsi aniqlanib, hozirda ularga nisbatan Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumon qilinuvchilarning uch nafari Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

510

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing