Chirchiq shahri “qizil” hududga kiritildi

Jamiyat

image

11 iyundan boshlab, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri "yuqori xavfli hudud" sifatida toifalandi.

Barcha blok-postlardagi nazorat kuchaytirilgan holda ish olib bormoqda. Avtotransport vositalari qatnovi ertalab 7:00 dan 10:00 ga qadar hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, hududlarni "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratib belgilash O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing