“Chirchiq” poligonida aviashou o‘tkazildi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida “Havo floti” kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan aviashou o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, ushbu aviashou Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” poligonida o‘tkazilgan.

Aviaparvozlarda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxonov ham ishtirok etish barobarida uchuvchilarning manyovrlarini kuzatib borgan.

“Tadbirda so‘z olganlar soha rivoji, ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar xususida to‘xtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillar davomida HHM qo‘shinlari va HHK o‘zining professional mahoratini muvaffaqiyatli mukammallashtirgan. Shaxsiy tarkib tomonidan yangi va zamonaviy zenit raketa komplekslari, ko‘p maqsadli vertolyotlar, zamonaviy harbiy-transport samolyotlari o‘zlashtirilgan hamda taktik aviatsiya parki ta’mirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing