Chirchiqda YTH: Damas dumalab, haydovchi “labavoy”dan otilib chiqdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 10 noyabr kuni Toshkent viloyatida Damas bilan Lacetti ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Damas dumaladi, hech kim tan jarohati olmadi. Bu haqda Ichki ishlar yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea soat 18:00 da viloyatning Chirchiq shahri “Kangli-X.Maqsudov” ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi J.M. boshqaruvidagi Damas rusumli hamda 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi B.D. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan. Mazkur YTH yuzasidan Chirchiq shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing