Chirchiqda qulupnay sotuvchi ayollar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda qulupnay sotayotgan ayollar Ichki ishlar organlari xodimlari bilan janjallashyotganiga aks etgan video tarqaldi. Videoda organ xodimlari ularning qulupnaylarini har tomonga sochib, idishlarini ag‘dargani aks etgan. Ushbu holat yuzasidan IIV Matbuot kotibi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Chirchiq tumanidada yo‘lning qatnov qismida harakat xavfsizligiga xalaqit berib qulupnay savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida jalb etilgan Ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, janjal uyushtirgan.

Matbuot kotibiga ko‘ra, yuzaga kelgan xavf zudlik bilan bartaraf etilib, jamoat xavfsizligi ta’minlangan. Jamoat tartibini buzgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyida qasddan ichki ishlar organlari xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaslik, ularga qarshilik ko‘rsatish kabi chaqiriqlar qilgan fuqarolar ham aniqlangan.

Holat yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlanmoqda va tez fursatda e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing