Chirchiqda qo‘qqisdan hujumga o‘tgan “dushman” tezkorlik bilan yakson etildi

Jamiyat

image

Chirchiq dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘qqisdan hujumga o‘tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishga qaratildi. Dastlab yalanglik orqali hujumga o‘tgan shartli dushman vertolyotlar orqali hududga keltirilgan maxsus bo‘linmalar tomonidan qo‘rshovga olindi va ularning oldinga harakatlanishiga to‘sqinlik qilindi.

Quruqlik orqali maxsus operatsiya kuchlari yengil zirhli texnikalarda ham yetib kelib, qisqa muddat ichida “dushman”ni yer tishlatdi. Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing