Chirchiqda 58 yoshli erkakni urgan o‘quvchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa 37047
image

Avvalroq, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 8-sinf o‘quvchilari 58 yoshli erkakni haqorat qilib, kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Ushbu maktab o‘quvchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21 may kuni Chirchiq shahrida maktab o‘quvchilari bezorilik sodir etgan holati yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan.

Ularga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ma’lumot uchun, mazkur modda bilan ayblanganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, voqea joriy yilning 21 may kuni soat taxminan 17:30 da sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan va ayni vaqtda 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan N.L va E.A. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, odob-axloq normalariga zid ravishda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya hududida 58 yoshli R.A.ni (Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi) hech bir sababsiz urib, bezorilik sodir etgan.

O‘z navbatida voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan A.N. (7-sinf o‘quvchisi) mazkur jarayonni uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Keyinchalik videolavhani ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 533
Reyting: 3
t
×