Chirchiqda 2 ta Matiz g‘ayrioddiy YTH sodir etdi
Jamiyat
−
14 noyabr 2024 8533 1 daqiqa
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 2 ta Matiz ishtirokida noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 14 noyabr kuni soat taxminan 8:00 larda Toshkent viloyati Chirchiq shahar Alisher Navoiy ko‘chasida haydovchilar 1989 yilda tug‘ilgan Q.B. va 1990 yilda tug‘ilgan X.M. ikkalasi ham Matiz rusumli transport vositasida Chirchiq-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelib, bir-biriga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu YTH oqibatida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Captiva bilan to‘qnashgan Spark ag‘darilib ketgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025