Chinozda 96 nafar fuqaroning “sho‘riga sho‘rva to‘kkan” bank xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, 96 kishini kreditlarini o‘zlashtirgan bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Chinoz tumanidagi tijorat banklaridan birining xodimi “X.A.” sodir etgan noqonuniy faoliyat fosh etilgan. 

Xususan, “X.A.” mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, 2020 yilda turmush o‘rtog‘i nomiga dehqon xo‘jaligi tashkil etib, uni o‘zi ishlaydigan bank ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. So‘ng “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 15 nafar fuqaroga ajratilgan jami 397,3 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini dehqon xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, fuqarolarga naqdlashtirib berishi natijasida ushbu mablag‘lar maqsadsiz sarflagan.
 
Shuningdek, “X.A.” 2021 yilda 3 nafar yaqin tanishi nomiga dehqon xo‘jaliklari tashkil qilib, ularni ham bank ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida esa 71 nafar fuqaroga ajratilgan jami 2 milliard 182 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini ushbu xo‘jaliklar orqali naqdlashtirib berishini aytib, sarflab yuborgan. 

Bundan tashqari, 2020 yilda 10 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan mini pechlar xarid qilish uchun 60 million so‘m miqdorida kredit ajratilishiga erishgan va ularni ham o‘ziga tegishli ta’minotchi dehqon xo‘jaligi hisobiga o‘tkazib, talon-taroj qilgan.

Hozirda “X.A.”ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing