Chinnidek yaltiraydi – AQSH va Yevropa shaharlarining yo‘llari endi O‘zbekistonda!
Biznes
−
12 aprel 2019
16720Yo‘llar go‘yo yuvilgan oynak, hovli go‘yo artilgan chinni... Yevropaning ayrim shaharlari, qolaversa, Koreya, Turkiya, Indoneziya, Singapurda bo‘lganlarning ko‘pchiligi yo‘llarning toza va ozoda saqlanishi, tekis va ravonligi, rang-barang bo‘yoqlar, shakllar va suratlar bilan bezilatilganini aytadi. Unda, hatto, aksingizni ko‘rishingiz mumkinligini qo‘shimcha qiladi. Bunday yo‘llar allaqachon O‘zbekistonga ham yetib kelgan. Avvaliga tajriba asnosida qo‘llanilgan rangli va bezakli asfalt qoplamasi kun sayin ommalashib, markaziy ko‘chalardan tortib, yirik, o‘zini hurmat qilgan korxona va tashkilotlar atrofini bezab turibdi.
Jumladan, poytaxtdagi Ekopark, Ashxabod saylgohlari, “Uzgidroenergiya” AJ oldi va ichki hovlisi, Ko‘ksaroy va Oqsaroy qarorgohlari, Buxoro markaziy ko‘chalari, Buxorodagi universiada o‘yinlari o‘tkazilgan stadion, “Halqlar do‘stligi” maydoni, “Jasorat” yodgorligi qarshisidagi maydon, Kamolon mahallasi Anxor atrofiga rangli va bezakli asfalt qilingan. Ularda piyoda yo avtomobilda harakatlansangiz baxri-dilingiz ochiladi.
Xo‘sh, rangli asfalt nima o‘zi? Uning qanday xususiyatlari bor? O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan IMKAR korxonasi Istanbul, Praga, London, Singapur, Baku shaharlaridagi kabi rang-barang va ko‘zni quvnatuvchi asfalt qoplamalarni tavsiya etasiz. Siz ushbu asfaltlar haqida quyida batafsil tanishishingiz, ularning afzalliklari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Bizning manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi 269-uy.
Murojaat uchun tel.: +998 712946447, +998 712946475
Rangli va bezakli asfalt qoplamasi nima o‘zi?
Rangli va bezakli asfalt qoplamasi mana qariyb 30 yildan oshiq muddatda keng qo‘llanilib kelib, yerni bezakli qoplashning eng chidamli va mustahkam usuli hisoblanadi. Rangli va bezakli asfalt qoplamasi, ko‘rinishi, qo‘llanilish yerlari jihatidan, yerni bruschatka, g‘isht va boshqa qoplash usullaridan ko‘ra anchaga o‘zib ketgan. Dekorativ bezak berish qoliplari yerdamida asfalt qoplamasiga istagingizga qarab g‘isht, xarsangtosh, archa, bruschatka, fisko, shifer va boshqa istalgan ornament va bezak berish mumkin.
Asfalt yuzasi, bezak berilgandan so‘ng, maxsus asfalt buyog‘i bilan qoplanadi. Ushbu maxsus asfalt bo‘yog‘i suvga asoslangan pigment, polimer va akril smolasi bilan kuchaytirilgan maxsus sementdan iborat. Bo‘yoq asfaltning quvvatini, chidamliligini orttiradi, yorilishini va yomonlashishini oldini oladi. Rangli va bezakli asfalt qoplamasi, turli xil yo‘l, ob-havo va iqlim sharoitiga ega bo‘lgan dunyoning turli xil mamlakatlarida o‘zining sifati va qulayligini isbotladi. Yevropa, AQSH va Avstraliyada ko‘p yillardan buyon qo‘llanib kelinmoqda.
Rangli va bezakli asfalt qoplamasining qo‘llanilishi qanday?
Loyihalashtirish: rangli va bezakli asfalt qoplamasi qilinadigan yer maydonida suv oqava va drenaj sistemasi, asfalt osti tabaqani yotqizish kabi tayyorgarlik ishlari, beriladigan bezak turi va bo‘yoq ranglarini belgilab beruvchi dizayn va loyihalashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Yer maydonini tayyorlash: Istanilgan yer yuzasida, yer 92-98% ga siqishtirilgan bo‘lsa, uni ustiga avval asfalt yotqizib, undan so‘ng bezak va rang bersa bo‘ladi. Yerni asfalt yotqizish uchun yana ham moslashtirish va ahvolini yaxshilash uchun qum va shag‘al aralashmasi bilan to‘ldirilib tekislanishi mumkin. Shu bilan birga yulning nishibligi ham kerakli holga keltiriladi. Asfalt beton yuzasiga ham yotqizilishi mumkin. Unda qo‘shimcha hech qanday yaxshilash ishlarini o‘tkazish shart bo‘lmaydi.
Rangli asfaltning afzalliklari:
a) Asfaltga berilgan bezak va maxsus bo‘yoq, uning chidamliligini 3 barobar orttiradi.
b) Maxsus sement va akril smolasi asosidagi ushbu maxsus bo‘yoq asfalt yuzasiga yopishadi, har qanday sharoitga chidamli tabaqa xosil qiladi, asfalt yuzasidan ko‘chmagan holda, ko‘p yillarga o‘z rangini saqlab qoladi.
v) Maxsus sement tarkibidagi qattiqlashtiruvchi modda yordamida asfalt yuzasi yana ham baquvvat qiladi va eskirishga qarshi chidamliligini 3 barobar orttiradi.
g) Bo‘yoq qoplangan asfalt havoning -30 dan + 90 gacha bo‘lgan darajada o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi, eng boshidagi tarovati va ko‘rinishini saqlab qoladi.
d) Asfalt ustidagi ushbu bo‘yoqli qoplama quyosh nurlarini to‘liq qaytargan holda, odatda kuydiruvchi bo‘lgan asfalt yuzasidagi quyosh taftini sezilmas holga keltiradi.
ye) Bo‘yoqning germetik xususiyati yordamida mavjud asfalt yuzalari gidroizolyatsiya qilingan xususiyatga ega bo‘ladi.
TEJAMKORLIK: Hammaga ma’lumki, asfalt yotqizish yer yuzasini qoplashning eng arzon usuli hisoblanadi. Rangli va bezakli asfalt qoplamasi, yer yuzasiga bruschatka terish usuliga nisbatan vaqt va ishchi kuchini keng ko‘lamda tejash imkonini beradi. Shu sababli, bo‘yoq berilgan yo‘l va piyoda yo‘lakchalari o‘sha kunning o‘zida, bo‘yash ishlari amalga oshirilgandan 4-5 soatdan keyin piyodalarga foydalanishga topshirilishi mumkin. Avtotransportlar esa 48 soatdan keyin bo‘yoq urilgan yo‘ldan foydalanishni boshlashlari mumkin. Bir kunda 1000 – 1250 m2 asfaltni ushbu bo‘yoq bilan bo‘yash mumkin.
ESTETIKA: Asfaltga berilgan bezak va maxsus ranglardagi bo‘yoq, asfalt yuzasida doimiy turuvchi tabiiy klassik toshning rangi va ko‘rinishini paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Asfalt yuzasi, boshqa bruschatka kabi qoplamalardan farqli o‘laroq na cho‘kmaydi va na ishib chiqmaydi. Asfalt birlashgan joylari vayron bo‘lmaydi, ko‘p yillar davomida o‘z silliqligi va tarovatini saqlab qoladi. Asfaltni muqobil va nostandart ranglar va bezaklar bilan bo‘yash imkoni paydo bo‘ladi.
CHIDAMLILIK: Ushbu maxsus bo‘yoq yordamida asfalt chidamliligi, boshqa o‘xshash qurilish mollariga nisbatan chidamliligini 3 barobarga orttiradi.
XAVFSIZLIK: Rangli va bezakli asfalt qoplamasi qilingan yo‘lga chiqqan avtotransport vositasi, g‘ildirakdan kelgan ovoz va ko‘zga tashlangan rangbarang yuza, xaydovchini yana xam e’tiborli bo‘lishga va transport vositasining xarakatini sekinlashtirishga undaydi. Bruschatka qoplangan yo‘llarda, beton blokchalar orasidagi choklarning kuchsizlanishi va ularning o‘z yerlaridan ko‘chishi oqibatida, bir-biriga urilib shovqin yuzaga keltiradi, g‘ildirak ostidan uchib chiqqan bruschatka toshlari boshqa transport vositasiga zarar yetkazishi yoki odamga tegib jarohatlashi mumkin. Bezakli va rangli asfalt yo‘llarda ketayotganingizda o‘zingiz to‘liq xavfsiz his etasiz.
TOZALIK: Beton va tabiiy tosh qoplamali yo‘llarda, tozalash ishlari paytida toshlar orasidagi qum kamayib, paydo bo‘lgan bo‘shliqqa suv to‘ladi. Muzlagan suv kengayib, toshlar orasidagi bo‘shliqni yanada kengaytirib, natijada qoplama zarar ko‘radi. Oraliq bo‘shliqlarda turli xil yovvoyi o‘tlar o‘sib chiqadi. Piyodalar joyidan o‘ynab qolgan toshlarni bosganda, turli xil kirlangan loyqa suvlar har tarafga sachrashni boshlaydi. Shu sababli bu holat, qoplama qilingan yerda uzluksiz ravishda tamirlash va tozalash ishlarini talab etadi. Asfalt ustiga qo‘llanilgan bezak va rangli bo‘yoq, yuzani to‘liq bir xil qoplagani uchun, u joyni tozalash uchun alohida chora-tadbirlar amalga oshirilishi shart emas. Hatto, bo‘yalgan asfalt yuzasini obodonlashtirish xizmatlarining suv bilan asfaltni yuvish uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalaridan ham foydalangan holda yuvish mumkin.
SALOMATLIK: Bruschatka toshlari orasidan usib chiqqan yovvoyi o‘tlarni yo‘q qilish maqsadida sepilgan kimyoviy moddalar, atrof muhit va odamlarga ham ziyon yetkazadi. Toshlar orasidagi qumlar esa shamol ko‘tarilganda, birgalashib havoga ko‘tarilib piyodalarga noqulayliklar yaratadi. Bu kamchiliklardan bezakli va rangli asfalt usulini ishlatgan holda forig‘ bo‘lish mumkin.
UYG‘UNLIK: Asfalt yuzasiga xohlagan rang va bezak berish imkoni borligidan, zamonaviy va tarixiy shahar ko‘rinishi bilan uyg‘unligi sababli, undan turli xil tarixiy va zamonaviy obidalarni ta’mirlash va tiklash ishlarida foydalanish mumkin.
OCHIQ TURDAGI SPORT MAYDONCHALARI: Ochiq turdagi sport maydonchalarida, rangli va bezakli asfalt o‘zining egiluvchan xususiyati bilan sportchilarning anatomik tuzilishiga moslashadi. Shu tariqa sportchi, ayniqsa uning oyog‘i kamroq toliqadi va kamroq jismoniy energiya sarflaydi.
MAYDONLAR VA BOLALAR O‘YINGOHLARI: Asfalt va tosh yotqizish usulining boshqa ko‘rinishlariga nisbatan, rangli va bezakli asfalt qoplamasi usuli 10 borobar tezroq amalga oshiriladi. Shuning ush turdagi asfalt qoplamasi usulini qo‘llash, yo‘lning bu qismida transport vositalarining harakatini cheklash oqibatida vujudga kelgan zararlarni qoplaydi. Rangli bezakli asfalt qoplamasi usuli qo‘llanilganda, kengayuvchi deformatsion choklardan foydalanishga ehtiyoj qolmadi. Bo‘yoq asfal yusasini to‘liq teng baravar qoplagani sabali, hech qanday suv yerga singmaydi va oqibatda uning eroziyasi va muzlashi yuzaga kelmaydi.
ASOSIY QO‘LLANILISH JOYLARI: Alohida e’tiborga muhtoj odamlarga mo‘ljallangan yo‘laklar, velosiped va sayr yo‘lakchalari, piyodalar yo‘laklari va trotuarlar, avtoturargohlar va yopiq turdagi garajlar va boshqa hamma turdagi asfalt yo‘llar.
TEXNIK XUSUSIYATLAR
ASFALT YOTQIZISH: Asfalt qoplamasi yotqizish ishlari uchun 0-5 Turdagi asfalt kerak bo‘ladi. Bu asfaltning tarkibi: 91,5% 0-5 mm qum (klinets), 3% to‘ldiruvchi material, 5,8% bitum (A.S. 60/70)
Asfalt zavodidan keltirilgan asfaltning harorati yotqizilishdan oldin 120-130 daraja bo‘lishi kerak. Asfalt 1,5 tonnalik asfalt yotkizish silindri bilan 91-94% siqishtirgan xolda yotqiziladi.
BEZAK BERISH: Yotqizilgan asfalt harorati 80 darajaga tushganda, oldindan bezak turiga qarab tayyorlangan po‘lat simlardan yasalgan bezak qoliplari kerak bo‘lgan yo‘nalishda asfaltga taxlab chiqiladi. 4-6 tonna/m2 quvvat bilan asfalt siqishtiruvchi mashinadan foydalangan holda qoliplar asfaltga ko‘miladigan qilib ustidan yurib chiqiladi. Shu tariqa asfalt ustida 9 mm chuqurlikda bezak choklari paydo bo‘ladi.
Keyinchalik, asfaltning xarorati 35 darajaga tushganda, asfalt yuzasiga maxsus bo‘yoq beriladi. Bu bo‘yoq qoplamasi suv, tuzli suv, suyuq sovun, mineral yog‘ va benzinga qarshi o‘ta chidamli. Buyoq 110 PSi bosim bilan suyuqlik sepish maxsus uskunasida sepiladi va 80 sm uzunligidagi, maxsus cho‘tka bilan suriladi. Birinchi tabaqa bo‘yoq (1-2 soatda) qurigandan keyin, ustidan yana bir bor maxsus lak jilo suyuqligi sepiladi.
Bizning manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi 269-uy.
Murojaat uchun tel.: +998 712946447, +998 712946475
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi