Chimkentda portlash: 18 kunlik chaqaloq qurbon bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 21 may kuni Qozog‘iston janubidagi Chimkent shahrida joylashgan viloyat perinatal markazi yaqinidagi dorixonada portlash ro‘y berdi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda TASS Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

“Chimkentda 1-sonli viloyat perinatal markazi yaqinida joylashgan xususiy dorixona binosida portlash sodir bo‘ldi. Afsuski, 43 yoshli qorovul, 42 yoshli ishchi va tug‘ilganiga 18 kun bo‘lgan chaqaloq qurbon bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, sakkiz kishi jabrlangan, ularning barchasi shahar tibbiyot muassasalariga yotqizilgan. 

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda perinatal markazda 189 nafar bemor va 65 nafar xodim bo‘lgan. Ularning barchasi Chimkentdagi boshqa tibbiyot tashkilotlariga ko‘chirilgan.

Chimkent IIB ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida 138-sonli shifoxonalararo xususiy dorixona binosi vayron bo‘lgan. Yuzaga kelgan yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Portlash fakti bo‘yicha politsiya Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “odam o‘limiga olib kelgan yong‘in xavfsizligi talablarini buzish” moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

390

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing