Chimyonda norozilikka sabab bo‘lgan holat bo‘yicha racmiy izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoy tarmoqlar orqali Chimyonda dam oluvchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan “qo‘lbola to‘siqlar” nima maqsadda qo‘yilgani xususidagi e’tirozlarga Toshkent viloyati hokimligi tomonidan rasmiy munosabat berildi.

“Bugungi kunda dam olish maskaniga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tashkil qilingan va hududdagi (ot, kvadratsikl, snoubort, tyubing, chang‘i va boshqa) ko‘ngilochar sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sport ixlosmandlari va yakka tartibdagi dam oluvchilar o‘rtasida turli xil ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi izohda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘idagi “Paxtakor sport bazasi” sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, mazkur maskan bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tomonidan tegishli tartibda “E-IJRO AUKSION” orqali Azimov Javohir Azim o‘g‘liga 2021 yil 29 noyabrdagi № 007649/123-21-sonli shartnoma bilan ijaraga berilgan.

Ilyosbek Maxmudov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing