Chimboy tumani ma’muriy sudi raisi 44 yoshida vafot etdi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2020 12890 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ma’muriy sudi raisi Begdulla Auyezimbetov vafot etdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda 44 yashar sud raisining vafotiga nima sabab bo‘lgani aytilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Begdulla Auyezimbetov 1976 yilda tug‘ilgan.
2006 yilda Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakultetini tamomlagan. U 2015 yildan buyon sud tizimida ishlab kelayotgan edi.
Begdulla Auyezimbetov joriy yilning 6 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlangan edi.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr