Chilonzorning 17-mavzesida yong‘in bo‘ldi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2019
3420Ehtiyotsizlik oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi eng ko‘p kuzatiladigan holatlardan biri hisoblanadi. Yong‘in odamlarning bevaqt vafoti etishiga shu bilan birga, katta miqdorda moddiy zararni keltirib chiqarishini unutmasligimiz, doim xushyor va ogoh bo‘lishimiz zarur.
Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 3 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Jumladan, kecha, 17 oktyabr kuni soat 20:40 da, Chilonzor tumani, 17-mavze 29-uy oldida joylashgan Chiqindi yig‘ish shoxobchasi 40 kvadrat metr maydonida yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 20:50 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 20:56 da qurshab olinib, soat 21:03 da bartaraf etilgan.
LiveBarchasi