Chilonzorlik zo‘ravon vahshiylarcha o‘ldirilgani rostmi? Voqea aslida qayerda ro‘y bergan?
3-sahifa
−
09 Sentabr 2020
101075Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigitning uy tomida bo‘ynidan osilgan holatda jon bergani aks etgan surat tarqalmoqda. Ushbu surat ostida esa u poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanida yashagani, bezori va zo‘ravon bo‘lgani, oxir-oqibat o‘zi ham vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida izohlar tarqalmoqda.
QALAMPIR.UZ to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea Ozarbayjonning Ganja shahri, Nizomiy rayonida tushirilgan.
Joriy yilning 18 iyul kuni ozarbayjonlik sportchi Kamron Qosimov yashash uyining tom qismiga chiqib, o‘z joniga qasd qilgan. Bir necha kun o‘tib uning jasadi osilgan holatda topilgan.
Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasi (Qotilliy yoki o‘z joniga qasd qilishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud-tibbiy ekspretizasi natijalariga ko‘ra, Kamron Qosimov 16 iyul kuni o‘z joniga qasd qilgan. Jasad ikki kun o‘tib topilgan.
Qayd etilishicha, u biroz avval turmush o‘rtog‘idan ajrashgan. Undagi psixologik zo‘riqishlar o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi