Chilonzordagi “dom”lardan birida gaz portladi

3-sahifa

image

Kecha, 3 oktyabr kuni soat 22:13 da poytaxtning Chilonzor tumanining yettinchi kvartalida joylashgan 59-uyda, birlamchi ma’lumotga ko‘ra, gaz-havo aralashmasining chaqnashi  sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Voqea yetti qavatli uyning  36-kvartirasida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun FVVning 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga yetib borgan. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo‘q. Vaziyat oqibatida bir nechta kvartiralarga qisman zarar yetdi, deraza va eshiklar shikastlangan. 

Ayni vaqtda  hamkorlikdagi xizmatlarning mutaxassislari ushbu favqulodda vaziyatning sabablarini o‘rganmoqdalar. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing