Chilonzorda “Toshissiqquvvati” xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqaroning suv va issiqlik energiyasidan qarzini so‘ndirish evaziga  270 AQSH dollar olgan issiqlik tarqatish bo‘limi xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Toshissiqquvvati” DUK Chilonzor tumani issiqlik tarqatish bo‘limi texnik-noziri D.N. fuqaro M.ning xonadonidagi issiq suv va issiqlik energiyasidan 3,4 million so‘mlik qarzdorligini so‘ndirib, joriy yilning dekabr oyiga qadar qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib bergan.

Buning evaziga esa u fuqarodan 270 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing