Chilonzorda og‘ufurush qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Ma’lumki, narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish va savdosi bilan shug‘ullanish og‘ir jinoyatlardan biri hisoblanadi. Biroq, mo‘may daromad ilinjida bu yo‘ldan qaytmaydiganlar ham bor. Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, shu yilning  25 oktyabr kuni taxminan soat 17:40 da poytaxtning Chilonzor tumanidagi YPX postida Spark rusumli avtomobil to‘xtatildi.

Shubhali ko‘ringan mazkur avtomobil tekshirilganda, salonining orqa o‘rindig‘idan 30 yoshli Bahodir T.ga tegishli bo‘lgan 50,52 gramm marixuana topildi.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi ("Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzorda og'ufurush qo'lga olindi

Baholaganlar

74

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar