Chilonzorda kirakashlik qilgan talonchilar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs qonunga muvofiq jazoga tortiladi. 

Toshkent shahar IIBB rasmiy axborot kanaliga ko‘ra, shu yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 03:00 da poytaxtning Chilonzor tumanida 22 yoshli Shamsiddin Sh. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda tanishi bo‘lgan 25 yoshli Akbarali O. bilan birga bo‘la turib, yo‘ldan 37 yoshli Timur X. va 34 yoshli Rustam G.larni mindiradi.

Yo‘lovchilarni manzillarigacha olib borib qo‘ygach, Shamsiddin va Akbarali yo‘lovchilardan umumiy miqdorda 750 ming so‘mni tortib olib, voqea joyidan yashiringan. 

Biroq xalqimizda "buzoqning yugurgani somonxonagacha", degan naql bejiz aytilmaganini talonchilar esdan chiqargan ko‘rinadi.

Ular ko‘p o‘tmay ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. 

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzorda talonchilik qilgan

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar