Chilonzorda erkak ko‘chada ketayotgan qizga shahvoniy shilqimlik qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida ko‘chada dugonalari bilan ketayotgan qizga shahvoniy shilqimlik qilgan 36 yoshli erkak R.Q. 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan erkak joriy yilning 9 may kuni taxminan soat 20:10 larda Chilonzor metro bekati oldida M.I. ning old beldan past jinsiy a’zosiga teginib, unga nisbatan nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir qilgan.

Kecha, 19 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida R.Q. aybiga qisman iqrorligini bildirgan. Uning aytishicha, o‘sha kuni u kafeda spirtli ichimlik iste’mol qilib, Chilonzor metrosi tomonga ketayotganida M.I. ga turtilib ketgan. R.Q. sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu holatlar boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud majlisida jabrlanuvchi M.I. holatni to‘liq tasdiqlab, u dugonalari bilan Chilonzor metrosi tomondan kelayotgan vaqtida R.Q. uning old beldan past jinsiy a’zosiga teginganligi, shundan keyin 102 raqamiga xabar berganligini bildirib, R.Q. ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sudlanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi universitetda talaba yigit o‘z kursdoshiga shahvoniy shilqimlik qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing