Chikagoda otishma sodir etgan shaxsga ayblov e’lon qilindi. U umrbodga qamalishi mumkin

Olam

image

AQSHning Illinoys shtatidagi tuman prokuraturasi Chikagodagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paraddagi otishmada gumonlanuvchi Robert Krimoga nisbatan ayblov e’lon qildi. Bu haqda okrug prokurori Erik Raynxart ma’lum qilgan.

“Kecha, 5 iyul kuni Leyk okrugi prokurorlari Robert Krimoni yetti kishini o‘ldirishda aybladilar", deydi Raynhart.

Uning ta’kidlashicha, keyinchalik 22 yoshli Krimoga nisbatan qo‘shimcha ayblovlar e’lon qilinishi mumkin.

“Agar u aybdor deb topilsa, umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin”, deydi prokuror. 

Raynxartning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 6 iyul kuni prokurorlar Krimoni garov evaziga chiqib ketish imkoniyatidan mahrum qilishni talab qilib, sudga boradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Chikagodagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan parad boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, otishma sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada yetti kishi halok bo‘lgan, 26 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi parad o‘tadigan joy yaqinidagi do‘kon tomidan turib odamlarni o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng, u voqea joyidan qochgan, biroq politsiya uni qo‘lga olgan va shaxsiga aniqlik kiritgan. U 22 yoshli Robert Krimo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing