Chikagoda otishma sodir etgan shaxs o‘zi va qarindoshlarini ham o‘ldirmoqchi bo‘lgan – AQSH politsiyasi

Olam

image

Joriy yilning 4 iyul kuni Chikagoda (Illinoys shtati) Mustaqillik kuni paradida otishma sodir etganlikda gumon qilingan shaxs 2019 yilda o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, shuningdek qarindoshlarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bu haqda mahalliy politsiya vakili Kristofer Kovelli ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, 2019 yil aprel oyida noma’lum shaxs politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, bir hafta oldin Robert Krimo o‘z joniga qasd qilishga uringanini aytgan. 

"O‘sha vaqtda suiqasdga huquq-tartibot idoralarining aralashuvi talab qilinmagan. Muammo bilan ruhiy salomatlik bo‘yicha mutaxassislar shug‘ullangan", deydi politsiya vakili.

O‘sha yilning sentyabr oyida esa Krimoning oila a’zosi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, unda pichoqlar to‘plami borligini va "hammani o‘ldirish bilan tahdid qilganini" ma’lum qilgan. 

"Shundan so‘ng politsiya voqea joyiga yetib borgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Krimoning uyidan 16 ta pichoq va qilichni olib chiqib ketgan. Biroq yigitni hibsga olishga asos bo‘lmagan", deydi Kovelli.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Chikagodagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan parad boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, otishma sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmada yetti kishi halok bo‘lgan, 26 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi parad o‘tadigan joy yaqinidagi do‘kon tomidan turib odamlarni o‘qqa tutgan. Shundan so‘ng, u voqea joyidan qochgan, biroq politsiya uni qo‘lga olgan va shaxsiga aniqlik kiritgan. U 22 yoshli Robert Krimo bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing