Chiqindilarni qayta ishlash kompleksidan chaqaloq murdasi topildi

Olam

image

Kecha, 27 yanvar kuni Boshqirdistonning Meleuz shahrida chiqindilarni qayta ishlash majmuasidan yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining respublika tergov boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hozirda tergovchilar chaqaloqning onasi bilan suhbatlashmoqda. Go‘dakning o‘limi sabablari esa aniqlanmoqda.

"Meleuz shahridagi chiqindini qayta ishlash majmuasida yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topilgani bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqea joyi ko‘zdan kechirilgan, hodisa sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan", deydi boshqarma vakili. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, chaqaloq topilganidan so‘ng, tergovchilar politsiya xodimlari bilan birgalikda kun davomida bolaning onasini aniqlashgan. Hozirda ona tergov qilinmoqda. Tekshiruv natijasida protsessual tartibda qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 yanvar kuni Urganch shahar, Amir Temur va Gurlan ko‘chalari o‘rtasida joylashgan chiqindi tashlash joyidan o‘lik holatda, yetilmagan, qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing