“Chiqindi idishidagi muhabbat" rekord darajada qimmatga sotildi

Madaniyat-san’at

image

Inglizlar orasida Benksi nomi bilan tanilgan strit-art (street art) rassomining “Chiqindi idishidagi muhabbat" asari "Sotheby's" kimoshdi savdo uyi tomonidan rekord darajadagi narx –  25 million dollarga sotildi.

Suratni sotib olgan odamning ismi oshkor qilinmagan. Kimoshdi savdosi 10 daqiqa davom etgan, suratning yakuniy narxi 18,6 million funt sterling (25,4 million dollar) ni tashkil qilgan. Bu Benksi asarlari orasidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 

2018 yili Benksi tomonidan chizilgan "Pufak tutgan qizaloq" surati 1,4 million dollar evaziga sotilgan edi. Shundan keyin, suratning yarmi o‘z-o‘zidan kesila boshlagan. Ekspertlarning aytishicha, bu ijtimoiy media davrida inson his-tuyg‘ularining qanchalar qisqa vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketayotganiga ishora qiladi. Shundan keyin asar "Chiqindi idishidagi muhabbat" deb atala boshlagan. U Benksining eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Rassom ushbu suratni 2006 yilda chizgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing