Chevrolet Tracker avtomobilining to‘liq siklini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Biznes

image

"UzAuto Motors" kompaniyasida mahalliylashtirishni oshirish va import hajmini qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu kompaniyaning 2022 yil uchun rejalarida aks etgan.

Aynan shu ish doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha 23 ta loyiha realizatsiyasi nazarda tutilgan. Buning natijasida esa mahalliylashtirish darajasi 56 foizga oshadi.

Yana bir reja esa iste’molchilar uchun qiziqarli bo‘lgan loyiha hisoblanadi. Unga ko‘ra, 2022 yilda Chevrolet Tracker avtomobilining to‘liq siklini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Yaxshi yangiliklardan yana biri — shu kunlarda "O‘zavtosanoat" "Tesla" avtomobillarining asosiy raqobatchisi bo‘lgan Xitoyning BYD elektrokarlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.

Ta’kidlash joizki, "O‘zavtosanoat" so‘nggi to‘rt yil ichida butun mamlakat singari katta yo‘lni bosib o‘tdi. Bugun esa hukumat ko‘magi va iqtisodiy islohotlar tufayli tarmoq raqobat sharoitida ishlashga tayyor. "O‘zavtosanoat" AJ respublika fuqarolari manfaatlari yo‘lida bozorni maksimal to‘ldirishni o‘zining burchi deb biladi.

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing