Chet elda o‘qimoqchi bo‘lganlar chuv tushdi
3-sahifa
−
02 iyun 2023
6886Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Unda aytilishicha, dastlabki holat Beshariq tumanda fuqarolar O.N. va A.U. fuqaro N.X. va Sh.X.ning ishonchiga kirib, ularni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytgan. Shuningdek, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berish evaziga jami 22,5 mln so‘m va 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Bundan tashqari, departamentning Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. fuqaro M.T.ni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetning tibbiyot yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozir mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent hamda Farg‘ona shaharlarida ham o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, ulardan pul undirgan firibgarlar qo‘lga olingan edi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi