Chet el valyutasiga nisbatan so‘mning kursini aniqlashda bozor mexanizmlaridan foydalaniladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi so‘mning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi. 

Bunda 

• valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;

• valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;

• rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organidir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.
Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi.


Maqola muallifi

Teglar

So'mning chet el valyutasiga nisbatan kursi

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar