Chet davlat fuqaroligini olgani haqida xabar bermagan O‘zbekiston fuqarolariga javobgarlik belgilanmoqda

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yilning 24 avgustdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirdigi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun amaliyotda O‘zbekiston fuqarolarini fuqarolikdan chiqmasdan, chet davlat fuqaroligini olishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligida bo‘lgan va chet davlat fuqaroligini olgan shaxslarni, chet davlat fuqaroligini qabul qilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kuni ichida xabar berish tartibi joriy qilindi;
  • Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligi olganligi xaqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik kiritildi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxs tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi;
  • Davlat xizmatchilari yoki hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida tashkiliy-boshqaruv yoxud ma’muriy-xo‘jalik funksiyalarni bajaradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet davlat fuqaroligi olganligi haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uchun javobgarlik belgilandi.

Qonun imzolanib kuchga kirishi bilan quyidagi natijalarga erishiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishdagi huquqiy bo‘shliq bartaraf etiladi;
  • chet davlat fuqaroligini qabul qilganligi haqida o‘z vaqtida xabar bermaganligi uchun javobgarlikni belgilash orqali, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ayniqsa, davlat xizmatchilarining mas’uliyati oshiriladi;
  • O‘zbekiston Respublikasida ikki fuqarolik bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldi olinadi;
  • sohaga doir huquqni qo‘llash amaliyotining aniq va bir xilda bo‘lishi ta’minlanadi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing