Chery Tiggo 7 Pro texnologiyasi xavfsiz oilaviy sayohatlarni kafolatlaydi

Biznes

image_2023-10-27_17-33-41

Intellektual sayohat asrida avtomobillar oddiy harakatlanish vositasidan o‘zaro hissiy ta’sir o‘tkazishga qodir vositaga aylandilar.

Butun dunyo bo‘ylab oilaviy sayohatlar uchun yaratilgan shahar krossoveri – Chery Tiggo7 Pro son-sanoqsiz quvonchli lahzalarda sodiq hamrohga aylana oldi.

Sevgi va muloqot ila to‘la cheksiz samo.

Chery Tiggo 7 Pro kuzovining uzunligi 4500 mm ga tengligi tahsinga sazovor bo‘lib, u o‘z sinfidagi eng uzun – 2670 mm g‘ildirak bazasi standartini belgilab beradi. Ortdagi oyoqlar uchun 958 mm teng joy va 1013 mm ga yetadigan bosh usti balandligi tufayli, u o‘z toifasida tengsiz bo‘lgan erkin makonni taqdim etadi. Avtomobilning saloni butun oila uchun yetarli darajada qulaylikni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, Chery Tiggo 7 Pro besh yo‘lovchi uchun o‘rindiqlarga ega bo‘lishi bilan birga, sig‘imi 475 litrni tashkil etuvchi universal va keng yukxonani taklif etadi. Ikkinchi qatorning orqasidagi bo‘sh joy 1500 litrgacha ko‘paytirilib, oilalarning turli vaziyatlardagi turli ehtiyojlarini qondira oladi.

Ilg‘or texnologiyalar, haydash zavqini oshiradi.

Chery Tiggo 7 Pro'ning qamrab oluvchi kabinasiga kirganingizda, texnologiklik uyg‘unlik tuyg‘usini aniq his qilasiz. 12,3 dyuymli qurilmalar panelining SK-displeyi va 7 dyuymli qurilmalar SK-displeyi vizual 3D effektni yaratib 10,25 dyuymli markaziy boshqaruv ekranidagi ma’lumotlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Multimedia, aloqa, harakatlanish haqidagi ma’lumotlar va ogohlantiruvchi signallar kabi funksional o‘zaro ta’sirlarni amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari, avtomobil to‘rt tomonlama sozlanuvchi ko‘p funksiyali rul chambaragi bilan jihozlangan. Hashamatli, to‘liq qoplamali o‘rindiq haydovchiga olti tomonlama elektr sozlanishini va o‘rindiqni isitish funksiyasini taqdim etadi. O‘rindiq yostig‘i qo‘shimcha qulaylik uchun mustahkamlangan yon qanotlar bilan puxta ishlab chiqilgan. Chery Tiggo 7 Pro bilan maroqli sayohatlar hayotingizning eng ajoyib bo‘lagiga aylanishi shubhasiz!

Ishonchli hamroh. Kompleks xavfsizlik choralari xavfsiz sayohatni ta’minlaydi.

Oilaviy sayohatlarda maksimal xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Chery Tiggo 7 Pro'da ham faol, ham passiv xavfsizlik choralariga ustuvor ahamiyat beriladi. Avtomobil ramasining 60 foizdan ortiq qismi yuqori mustahkam po‘latdan, jumladan, benteler ultra yuqori quvvatli qaynoq shtamlangan po‘latdan yasalgan bo‘lib, bu kuzovning mustahkamligi va ishonchliligini yanada oshiradi.

Chery Tiggo 7 Pro zamonaviy atrof-muhitni muhofaza qilish vositalari bilan jihozlangan: oltita xavfsizlik yostiqchasi. Bundan tashqari, orqa o‘rindiqlar turli spetsifikatsiyalardagi bolalar o‘rindiqlari bilan aniq muvofiqlikni ta’minlovchi ISOFIX interfeyslarining ikkita to‘plamiga ega. Bunday keng qamrovli xavfsizlik tizimi nafaqat oilangiz xavfsizligini ta’minlaydi, balki haydovchining ishonchini ham oshiradi.

Tiggo7 Pro'ning standart komplektatsiyasiga Bosch ESP 9.3 barqarorlikni boshqarish elektron tizimi kiritilgan bo‘lib, u mashinani boshqarishda intellektual yordam funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

O‘z sinfida ajralib turadigan Chery Tiggo 7 Pro oldi va orqa oynalari uchun intellektual muzdan tushirish tizimi IHC (Intelligence High Control), RCW (Rear Collision Warning) tizimi, shuningdek, bolalar uchun qulay elektron qulflar bilan jihozlangandir. Bu funksiyalar nafaqat ushbu oilaviy avtomobildan foydalanish qulayligini tuhfa etadi, balki har qanday sayohatda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.

Chery Tiggo 7 Pro keng makon va eng zamonaviy xavfsizlik vositalari tufayli mehr va hamkorlikni o‘zida mujassam etgan. Mashina qoniqish va nafosat hissini beradi. Chery Tiggo 7 Pro har bir oila uchun qalqon bo‘lish va uni himoya qilish majburiyatini qat’iyat bilan bajaradi.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring https://cheryauto.uz/

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

Facebook’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

YouTube kanalimizga a’zo bo‘ling

Bepul test-drayv Chery Uzbekistan dilerlik tarmog‘ining barcha dilerlik markazlarida mavjud.

Batafsil ma’lumotni +998 71 276 55 55   telefon raqami yoki https://t.me/cheryuzbekistanbot  Telegram-boti orqali olishingiz mumkin.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing