Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi

Biznes

image

Chery o‘tgan dam olish kunlarida brendning barcha avtomobil modellari egalarini yirik tadbirda jamladi, avtokarvonda Arrizo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro | Max krossoverlarigacha ishtirok etdi. Ushbu karvon ishtirokchilari O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiladi va ular brend ishtiyoqmandlarining do‘stona hamjamiyatini shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Chery avtomashinalarining katta karvoni Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi. Chery avtomobillarining 100 ga yaqin egalari sayohatda ishtirok etib, o‘z avtomobillarining imkoniyatlarini yana bir bor sinab ko‘rdi.

Mijozlar belgilangan masofani bosib o‘tish orqali avtomobilning imkoniyatlarini to‘liq baholash imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘pgina xaridorlar mashina murakkab ob-havo sharoitida ham yo‘l yuzida erkin harakatlanishiga guvoh bo‘ldi, shuningdek, yana boshqa qulayliklarni sinab ko‘rdi. 

Tadbir Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida yakunlandi, u yerda mehmonlarni milliy tarixiy libos kiygan posbonlar kutib olib, bayramga sharqona fayz qo‘shdi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar uchun “Boqiy shahar” majmuasi bo‘ylab qiziqarli kvest tashkil etildi, unda har bir ishtirokchi o‘zini haqiqiy sharqona muhitda his etdi, deyish mumkin. Mehmonlar kvestda ishtirok etishdan zavqlanib, Chery oltin tangalarini to‘pladi.

Tadbir O‘zbekistondagi Chery brendi hamda “ADM GLOBAL” distribyutori tashabbusi bilan tashkil etilgan “With Chery With Love” loyihasi doirasida o‘tkazildi. 

“ADM GLOBAL” va Chery o‘z mijozlarini qo‘llab-quvvatlash va avtomobil egalari orasidagi ishonch darajasini mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlarga sarmoya kiritishda davom etmoqda. 

“With Chery With Love” loyihasi uchrashuv, sarguzasht va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida rivojlanadi, bu esa Chery kompaniyasi o‘z mijozlarining hayot sifatini yaxshilashiga sodiqligini isbotlaydi.

O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan sotib olingan Chery avtomobillarining barcha egalari ushbu qiziqarli loyihaning bir qismiga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, ADM Global Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.

Aloqa uchun telefon +998712765555

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Telegram bot:  https://t.me/cheryuzbekistanbot

Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

YouTube’da yangiliklardan xabardor bo‘ling

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring cheryauto.uz 

                   Reklama huquqi asosida

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made